- 2024-03-29
- 2265
«Esda saqlash jarayonining usul va vositalari» mavzusida psixologik seminar-trening o’tkazildi
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti talabalari ishtirokida payshanba - Talaba xavfsizligi kuni doirasida bo’lib o’tgan trening xotiradan unumli foydalanishga bag’ishlandi.
Unda esda saqlab qolishning quyidagi 5 omili doimo muhim ekanligi qayd etildi:
1) Sog'lom turmush tarzi (sport, uyqu, ozuqa);
2) Emotsional holat;
3) Diqqatni jamlay olish;
4) Miyani muntazam mashq qildirish;
5) Atrof-muhitga e’tiborli bo’lish.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati