- 2024-04-02
- 5792
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 15 nafar professor-oʻqituvchisi TOP-300 talikda turuvchi universitetda stajirovka oʻtash uchun joʻnab ketdi
Institutimizdagi professor-oʻqituvchilarning bilim va malakasini oshirish, ularning ilm-fan bilan shugʻullanishi uchun kengroq sharoitlar yaratish hamda xalqaro universitetlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida tuzilgan dastur asosida institutimizning 15 nafar oʻqituvchisi xalqaro QS reytingida TOP-300 talikda turuvchi Qozon federal universitetida stajirovka oʻtash uchun joʻnab ketdi.
Ular 8 kun davomida ushbu universitetda boʻlib, seminar treninglarda ishtirok etadi, professor-oʻqituvchilar bilan tajriba almashadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati