• Вход

Institutimiz professor-oʻqituvchilarining Qozon federal universitetidagi stajirovkasi nihoyasiga yetdi

  • 2024-04-09
  • 5739
Institutimiz professor-oʻqituvchilarining Qozon federal universitetidagi stajirovkasi nihoyasiga yetdi

     Qozon federal universitetida  “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida OTMning ilmiy-tadqiqot va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” dasturi doirasida malakaviy stajirovka oʻtagan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professor-o‘qituvchilariga  sertifikat-guvohnomalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
     Amaliyotni tamomlaganlik haqidagi sertifikatlarni QFU tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori Timirxan Alishev topshirdi. 
 
     Marosim so‘ngida mezbon universitetga O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti vakillari tomonidan Samarqand shahri tasvirlangan surat sovg‘a qilindi. Endilikda bu surat Etnografiya muzeyining ko'rgazmasi qatoridan oʻrin egallaydi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING