- 2024-04-27
- 2517
Institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Buxoroda oʻtkazilayotgan forumda ishtirok etmoqda
Buxororoda “Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalari” I-Respublika forumi o'tkazilmoqda
2024-yil 26-27-aprel kunlarida bo'lib o'tadigan ushbu forum Buxoro davlat universitetida tashkil etildi va unda Respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari) ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori Komil Kuliyev ham mazkur anjumanda qatnashmoqda.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati