• Вход

Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

  • 2024-04-29
  • 3342
Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti bilan hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

     Bugun institutimizga Rossiya Federatsiyasining Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti rektori Yanina Chigovskaya-Nazarova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

     Institutimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Akbar Safarov hamda xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Mahmud Jumayev ishtirokida o'tgan o'zaro muloqot davomida ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ularning stajirovka va malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasidagi o‘zaro tajribalarni o‘rganish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish, o'zaro talabalar almashinuvini joriy etish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING