- 2024-05-02
- 2340
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining 2 nafar talabasi qo'l jangi bo'yicha Jahon chempioni bo'ldi
25-27-aprel kunlari Moskva shahrida o'tkazilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu turnirda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 7 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Xususan, maktabgacha va boshlang'ich ta'limda jismoniy madaniyat va sport yo'nalishi talabalari Sevinch Rahimova 48 kg vazn toifasida, Ruhshona Shayxiddinova 70 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati