- 2024-05-06
- 1419
Turkiyalik professor bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti filologiya fakultetida Turkiyaning Muğla Sıtkı Koçman universiteti professori Ali Akar hamda o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari, talabalari ishtirokida "Turkiy tillar orasida o'zbek tilining tutgan o'rni", "Turkiyadagi ta'lim tizimi, ta'lim grantlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Professor Ali Akar institut unda ijobiy taassurot qoldirganini ta'kidlab, talabalarning faolligidan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, yoshlarga Turkiya universitetlarida ta'lim olish yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar berildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati