- 2024-05-09
- 3400
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining zamonaviy kampusi shakllantiriladi
Kecha institutimizga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tashrif buyurib, institutni keng qamrovli rivojlantirish, pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.
Dastlab, viloyat hokimi institutni obodonlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, bu borada o'z taklif va mulohazalarini bildirib, institutning zamonaviy kampusini shakllantirish lozimligini ta'kidladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati