- 2024-05-16
- 5672
Finlandiya oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari tahlil qilindi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Komil Kuliyev tomonidan amaliy matematika va fizika fakulteti jamoasi ishtirokida Finlandiya oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari yuzasidan tahliliy seminar o'tkazildi.
Unda matematika, fizika, informatika ta'lim yo'nalishlarida Finlandiya tajribasidan foydalanish imkoniyatlari o'rganilib, o'zaro muhokama qilindi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati