- 2024-05-17
- 2367
Hokim topshirig'i amalda: O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida "Fitobar" tashkil etildi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov institut talabalari bilan o'tkazgan uchrashuvida tabiiy fanlar fakulteti talabasi Pokiza Xolmo'minova fakultetda "Fitobar" tashkil etish va undan talabalarning erkin foydalanishi taklifini bergandi.
Ushbu taklif viloyat rahbari tomonidan qo'llab-quvvatlanib, mas'ullarga bu bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berilgan edi.
Bugun esa "Fitobar" o'z faoliyatini boshladi.
Ma'lumot uchun, "Fitobar" - o‘simlikning ma‘lum bir qismlaridan foydalanib fitoichimliklar tayyorlanadigan joy hisoblanadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati