• Вход

Inklyuziv ta'lim shakliga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

  • 2024-05-20
  • 2286
Inklyuziv ta'lim shakliga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi
Inklyuziv ta'lim shakliga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Samarqand shahridagi 59, 61-sonli maktabning o'quvchi va o'qituvchilari hamda institutimiz professor-o'qituvchilari, talabalari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. 

Dastlab, professor-o'qituvchilar, ota-onalar va mutaxassislar inklyuziv ta'lim shaklini takomillashtirish yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, mazkur mavzu haqida so'z yuritdi. 

Talabalar tomonidan turli xil badiiy chiqishlar, sahna ko'rinishi namoyish etildi, ijro etilgan kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari tomonidan o'quvchi yoshlarning portretlari chizilib, ularga sovg'a sifatida taqdim etildi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post