Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998958268212

Visit Us:
logo
Yangiliklar
Institutda adabiy-ma'rifiy kecha o'tkazildi

shape shape shape
СОБЫТИЕ
2024-05-30
2696

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida tinchlik va osoyishtalikni avaylab-asrash, el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan "Vatan manzumasi" nomli adabiy-ma'rifiy kecha o'tkazildi.

Tadbir davomida buyuk ajdodlarimiz: Amir Temur, Jaloliddin Manguberdilarning Vatan tinchligini asrashda askarlarning o'rni e'tirof e'tilgan monologlar, shoirlarning Vatan madhiga bag'ishlangan she'rlari, kuy va qo'shiqlar talabalar tomonidan ijro etildi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo'shinlari qomondonligiga qarashli harbiy orkestr jamoasi va 13060 harbiy qism moto o'qchilarining jasorat, mardlik kabi g'oyalar aks ettirilgan chiqishlari, Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasiga qarashli 1-son musiqa va san'at maktabining "Shalola" bolalar vokal jamoasining Vatanga muhabbat va sadoqatga yo'g'rilgan chiqishlari tomoshabinlar uchun esda qolarli bo'ldi.
 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling