- 2024-06-05
- 2269
5-iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Mazkur sana munosabati bilan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti hamda institut akademik litseyi hamkorligida fakultet talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, ushbu sana 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan.
1974-yildan buyon esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati