- 2024-06-11
- 1738
Kemerovo davlat universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan hisoblangan ushbu universitet bilan ijobiy hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan boʻlib, ayni paytda institutning 3 nafar professor-oʻqituvchilari Kemerovoda oʻzaro tajriba almashmoqda.
Tomonlarning oʻtkazgan navbatdagi uchrashuvida ilmiy tadqiqot va professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, talabalar uchun almashinuv dasturlari tashkil etish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati