- 2024-07-06
- 1768
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi Parij-2024 yozgi olimpiadasida ishtirok etadi

Institutimizning jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi ta’lim shakli) talabasi Sardorbek Nurillayev sportning dzyudo turi boʻyicha -66kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi Sardorbekka 4 yilda bir marta oʻtkaziladigan ushbu nufuzli musobaqada omad va ulkan zafarlar tilaydi!
Eslatib oʻtamiz, Parij-2024 Olimpiadasi joriy yilning 26-iyul, 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati