• Вход

Akademik va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

  • 2024-01-11
  • 904
Akademik va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi
Akademik va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori Xolboy Ibraimovning institut talabalari bilan uchrashuvi boʻlib o’tdi. 

 Yoshlar bilan ochiq muloqotni institut rektori Shahzoda Negmatova akademik Xolboy Ibraimovni talabalarga tanishtirish bilan boshladi. 

 Xolboy Ibraimov Samarqand viloyati, Payariq tumanida tavallud topgan bo’lib, Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori. Olimning ilmiy rahbarligida jami 45 ta: 9 nafar pedagogika fanlari doktori, 36 nafar fan nomzodi va pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktorlari yetishib chiqqan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 23-dekabrdagi tegishli Farmoniga asosan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi etib tasdiqlangan. 

 - Akademikligimning dastlabki uchrashuvini ona shahrim, buyuk siymolar yurti Samarqanddan boshlashni niyat qildim, - deydi Xolboy Ibraimov. - Chunki bu shahar haqiqiy ilm-ma’rifat maskani hisoblanadi. Ayniqsa, oddiy bir olim bilan uchrashuvga buncha odamning kelishini ham faqat Samarqandga xos deb bilaman. 

 Shuningdek, akademik Xolboy Ibraimov yoshlarga dunyo kasblarini texnologiya va gadjetlar bir chetga chiqarayotgan zamonda o’qituvchi-pedagoglarning kasbi murakkablashib borayotganini bildirdi. Bunga mos ravishda har bir bo’lajak pedagog, chet tillarini bilishi, texnologiya va zamonaviy pedagogik metodlardan to’g’ri foydalana olishi lozimligini ta’kidladi. 

 Talabalar o’zlarini qiziqtirayotgan bir qancha savollarga to’g’ridan to’g’ri akademikdan javob oldilar.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post