• Вход

“Xoʻja Gunjoyish” mahallasi yoshlarining muammolari oʻrganilib, hal etilmoqda

  • 2024-08-15
  • 2905
“Xoʻja Gunjoyish” mahallasi yoshlarining muammolari oʻrganilib, hal etilmoqda
“Xoʻja Gunjoyish” mahallasi yoshlarining muammolari oʻrganilib, hal etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish  amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan. 

Shu munosabat bilan Samarqand shahar "Xoʻja Gunjoyish" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda, yoshlarga yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrab-avaylash, bunda har bir fuqaroning dahldorlik hissi bilan yashashi xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Shuningdek, yangi oʻquv yili arafasida yoshlarga kasb-hunar tanlash, ilm olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post