• Вход

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

  • 2024-08-31
  • 2460
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Bugun yurtimizda ulug' bayram, katta tantana. Jonajon xalqimiz ushbu kunda Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligini katta shodiyonalar bilan kutib olmoqda. Shu munosabat bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik bizga yurtimizning mustahkam poydevori va katta imkoniyatlar omili sifatida kelajakka ishonch bag‘ishlaydi. Bugungi kunda biz mamlakatimizni rivojlantirish, ilm-fan va ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishish uchun birgalikda mehnat qilmoqdamiz. Institutimizda olib borilayotgan barcha ishlar, yosh avlodni yuqori bilim va ma’rifat asosida tarbiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz bu yo'lda muhim o‘rin tutadi.

Bugun Yangi O'zbekiston strategiyasi asosida yurtimizda erkin va demokratik davlat barpo etish yo'lida har bir yo'nalishda jiddiy islohotlar olib borilmoqda. Barcha sohalardagi ishlarimizga "Inson qadri uchun", "El-yurt baxti uchun" degan tamoyil chuqur kirib bormoqda. Bunday ishlar zamirida odamlarning xavfsiz va farovon hayoti hamda munosib turmush sharoitlarda yashashini ta’minlash maqsadi mujassam. 

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu qutlug' ayyom bilan yana bir bor qutlayman. Birgalikda bunyod etayotgan barqaror kelajagimizning mustahkam ustunlari tobora yuksalib boraversin. Yashnab borayotgan Vatanimizning tinchlik-osoyishtaligi va erkinligiga ko‘z tegmasin!

Shahzoda Negmatova, 
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori

Share This Post