- 2024-08-31
- 2361
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi tantanali nishonlandi
Bugun Samarqand shahridagi Mo'jiza amfiteatrida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi tantanali ravishda nishonlandi.
Dastlab, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov barchani ushbu qutlug' ayyom bilan tabrikladi. So'ngra tadbirning badiiy qismiga navbat berilib, taniqli san'atkorlar tomonidan tayyorlangan ko'ngilochar dasturlar boshlandi.
Tadbirda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Bayram yakunida uyushtirilgan mushakbozlik ishtirokchilarga xush kayfiyat bag'ishladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati