• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida umumiy sig'imi 1200 nafar talabaga mo'ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud

  • 2024-09-04
  • 5425
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida umumiy sig'imi 1200 nafar talabaga mo'ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida umumiy sig'imi 1200 nafar talabaga mo'ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud

Ma'lumot o'rnida: bugungi kunda 1-sonli TTJ da 700 nafar, 2-sonli TTJ da 141 nafar, 3-sonli TTJ da 114 nafar va 4-sonli TTJ da 245 nafar talabalarga yotoqxonalar xizmat ko‘rsatish uchun shay holatga keltirilgan. Bundan tashqari talabalar kontingentidan kelib chiqib, turar joyga bo'lgan ehtiyojni to'liq bartaraf etish maqsadida davlat xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi davom ettirilmoqda va shu yilning oktabr oyida foydalanishga topshirilishi nazarda tutilgan. 

Mavjud barcha talabalar turar joylarida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan bo'lib, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar yashash xonalari, oshxona, kir yuvish xonalari, yuvinish xonalari va hojatxonalar yangidan dizayn qilinib, jihozlangan. Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida har bir yotoqxonada ma'naviyat, tikuvchilik, kumpyuter, sport zal va tibbiyot xonalari mavjud. Turar joylar sig'imidan kelib chiqib, 660 ta o'rin qizlar uchun, 190 ta o'rin o'g'il bolalar uchun va 350 ta o'rin turli imtiyozga ega talabalar uchun ajratilgan.

Institutda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunga qadar mazkur markazga yotoqxonalar bo'yicha 1033 ta, ijara xonadonlari bo'yicha esa 862 ta arizalar kelib tushgan. Institut yaqinida joylashgan 203 ta ijara uylari haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan.

Talabalar institut yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishmoqda.

Share This Post