• Вход

Tambov davlat universiteti hamkorlik yanada kengaytiriladi

  • 2024-09-06
  • 2715
Tambov davlat universiteti hamkorlik yanada kengaytiriladi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Akbar Safarov va G. R. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Yelena Zuyevalar oʻtkazgan muloqotda ikki oliy ta’lim muassasasining oʻzaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish haqida soʻz bordi. 

Xususan, professor-oʻqituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish kurslari, magistratura bosqichi talabalari uchun 1+1 tizimi asosida xalqaro ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING