• Вход

1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi

  • 2024-09-13
  • 5213
1-bosqich talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakultetida "Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish oyligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

Unda talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash bo'yicha rektor maslahatchisi Davlat Jumayev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Ibodat Sattorova, psixolog Hafiza Ro'ziyeva, institut profilaktika inspektori Hulkar Muhammadiyevalar yoshlar o'rtasidagi kelib chiqishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlardan saqlanish, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri maqsadlarda foydalanish, turli firibgarlik va yot gʻoyalar ta’siriga tushib qolmaslik yuzasidan ma’lumot berdi. 

Shuningdek, institut hududida ichki tartib-intizomga rioya etish lozimligi ta’kidlandi. 

Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob oldilar

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

BIZ BILAN BO'LING