• Вход

“Xon atlas” milliy liboslar haftaligi koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda

  • 2024-09-13
  • 1533
“Xon atlas” milliy liboslar haftaligi koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda
“Xon atlas” milliy liboslar haftaligi koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti aniq va amaliy fanlar fakultetida "Xon atlas" milliy liboslar haftaligi boʻlib oʻtdi. 

Keling, atlas va xon atlas ta’rifiga bir toʻxtalsak. 

Atlas (arabcha - tekis, silliq) – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi. Oʻzbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi. 

Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili xon atlas deb ataladi. Xon atlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post