• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

  • 2024-10-16
  • 6838
“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi
“Turkistondan Onado‘ligacha bo‘lgan turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

16-17-oktabr kunlari O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ushbu xalqaro anjumanda Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Turkiya davlatlarining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Institut rektori Shahzoda Negmatova barcha ishtirokchilarni tabriklab, konferensiya ishiga omad tiladi. 

 - Kalom ilmining yetuk mutaxassislaridan biri Imom al-Moturidiy “Agar insonlar ezgulik va yaxshilikni o’zlariga ravo ko’rsalar, albatta, murod-maqsadlariga erishadilar va bu yo’lda ilm ularning eng katta xizmatchisidir” deganida bilim olishning naqadar muhim ekanligini ta’kidlagan. Darhaqiqat, bugun ham biz farzandlarimizni, yoshlarimizni ilmga oshno qilib tarbiyalasak, ularga ilm yo’lini ko’rsatsak, ular ham albatta o’z maqsadlariga erishadilar, - dedi Shahzoda Negmatova o’z nutqida. 

Konferensiyada turkiy xalqlar azaldan islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lganligi, dunyo hamjamiyatining madaniy-ma’rifiy, axloqiy, ilmiy rivojlanishiga munosib hissa qo’shganligi, Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Jaloliddin Rumiy, Burhoniddin Marg’iloniy, Abulqosim az-Zamaxshariy kabi yetuk olimlarni tarbiyalab yetishtirganligi alohida qayd etildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post