- 2024-11-21
- 5333
Talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?”, “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” hamda “Oliy ta’limdan korrupsiyani yo‘qotamiz” mavzularida targʻibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sohibnazar Boymurodov, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliyev, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha rektor maslahatchisi Davlat Jumayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi mudiri Samariddin Bobomurodov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, diniy ekstremistik hurujlardan ehtiyot bo‘lish, ijtimoiy tarmoqlarda manbasi noma’lum ma’lumotlarni tarqatmaslik, internet tahdidlariga qarshi ogohlik, kiyinish madaniyati hamda institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati