- 2024-07-31
- 7297
“Ta’limdan korrupsiyani birgalikda yo‘qotamiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi...
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Ta’limdan korrupsiyani birgalikda yo‘qotamiz!” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uni institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mudiri Samariddin Bobomurodov olib bordi.
Davra suhbati davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurash hamda korrupsiyaning oldini olishda faollikni oshirish, unga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lish haqida so‘z yuritdi.
Jumladan, ishtirokchilar so‘nggi kunlarda ayrim oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya bilan bog‘liq sodir bo‘lgan voqealardan to‘g‘ri xulosa chiqarish bo‘yicha ogohlantirildi.
Shuningdek, qabul jarayonlari, o‘qishni ko‘chirib o‘tkazish hamda qayta tiklash jarayonlarida ta’magirlik va korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati