- 2024-12-11
- 8593
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rahbariyati vakillari uchun oʻquv-amaliy seminari oʻtkazilmoqda
Institutimizning prorektorlari, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari uchun oʻquv-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Bugun ushbu seminarning birinchi kunini institut rektori Shahzoda Negmatova kirish soʻzi bilan ochib berib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar yuzasidan ma’lumot berdi.
Shuningdek, treningda soʻz olganlar talaba - yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish yo‘llari, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlash, institutda inklyuziv ta’lim shaklini rivojlantirish kabi bir qator mavzularda ma’ruza qildi.
Ushbu anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad institutda xodimlar va talabalar bilan ishlashni samarali tashkil etish hamda buning uchun talab etiladigan koʻnikmalarni rivojlantirish hisoblanadi.
Oʻquv-amaliy seminari ertaga 12-dekabr kuni ham davom etadi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati