• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grantlar va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama etildi

  • 2025-01-17
  • 2229
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grantlar va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama etildi
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grantlar va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama etildi

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grantlar va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish doirasida bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institut rahbariyati vakillari, dekanlar, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, nufuzli grant loyihalarda faol ishtirok etish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va korxonalardan investitsiyalar jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishlarda faoliyatni kuchaytirish uchun tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, uchrashuvda institutda yaqinda tashkil etilgan yangi Registratsiya ofisining faoliyati haqida ham so‘z bordi. Ushbu ofis talabalarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida ish olib borayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur tashabbuslar orqali talabalarning ta’lim olish jarayonini yengillashtirish va ular uchun samarali xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorlik va investitsiya jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda institutni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post