- 2025-02-17
- 3343
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institutimizda faoliyat olib borayotgan Malayziyaning Sultan Idris universiteti professori Che Zalina bilan uchrashuv o‘tkazdi

Dastlab rektor Shahzoda Negmatova Zalina xonimning institutimizga tashrifi va professor-o‘qituvchilarga chet tili hamda IT sohalarida berib kelayotgan qimmatli bilimlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va o‘qituvchilarning Scopus ilmiy bazasiga maqolalar tayyorlashida muntazam yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, chet tili va IT yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, turli grant loyihalarida ishtirok etish kabi hamkorlik takliflari ham ko‘rib chiqildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati