• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

  • 2025-03-25
  • 3629
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sohaga oid amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, kelgusi vazifalarni belgilab berdi.

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida ushbu yo‘nalishda belgilangan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish maqsadida institut rektori Shahzoda Negmatova raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va shaffoflikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda korrupsion xavflarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, talaba yoshlar orasida ushbu yo‘nalishda start-up loyihalarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bois, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Samariddin Bobomurodovga tegishli topshiriqlar berildi.

Shahzoda Negmatova - korrupsiyaga qarshi kurashda faqat jazolash bilan cheklanmay, uning sabablarini chuqur o‘rganish va tizimli choralar ko‘rish muhimligini qayd etdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post