- 2024-01-27
- 1672
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti huzuridagi ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi
Yig’ilishni ilmiy-texnik kengash raisi Akbar Safarov olib bordi va unda institut tadqiqotchilarining dissertatsiya mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini tasdiqlash, kafedralar professor-o‘qituvchilarining monografiyalarini nashrga tavsiya etish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlariga tavsiya etish masalalari ko’rib chiqildi. Bundan tashqari institutning 2024-yilda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yanada oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi va tasdiqlandi. Ilmiy loyihalarni yaratish va institut professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan ilmiy loyihalar muhokama etildi.