• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

Rektor va talabalar uchrashuvi

  • 2025-03-25
  • 4529
Rektor va talabalar uchrashuvi
Rektor va talabalar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova aniq va amaliy fanlar fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “4+2” amaliyot jarayonlari, ishga joylashish masalalari hamda kelgusidagi kasbiy yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Rektor har bir bitiruvchining rejalari bilan qiziqib, ularning ta’lim jarayonida olgan bilim va tajribalarini real ish muhitida qanday qo‘llashi borasida fikr almashdi. Ish topishda qiyinchilikka duch kelgan talabalar uchun institut tomonidan zaruriy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash va bitiruvchilarni mehnat bozoriga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki bilan “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolangani qayd etildi. Ushbu loyiha o‘z g‘oyasiga ega talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Bo‘lajak pedagoglarga kasbiy muvaffaqiyatga erishishda muhim bo‘lgan qator tavsiyalar berildi. Jumladan, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, zamonaviy ta‘lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, ijodiy yondashuvni rivojlantirish hamda ta‘lim jarayonida innovatsion usullardan foydalangan holda ishlash zarurligi ta’kidlandi. Institut bitiruvchilari kelajakda nafaqat o‘z kasbiy mahorati bilan ajralib turishi, balki institut nufuzini yana-da yuksaltirishi lozimligi alohida qayd etildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa institut rahbariyati va talabalar o‘rtasida yana-da yaqin hamkorlik o‘rnatilishiga xizmat qildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post