• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

Rektor talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

  • 2025-03-26
  • 2514
Rektor talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Rektor talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, rektor fakultetda yangi tashkil etilgan "STEAM laboratoriya"si, “Boshlang‘ich ta’lim metodik xonasi” va kutubxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Mazkur loyihalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, professor Shahzoda Negmatova fakultetda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar ishini ko‘zdan kechirib, magistrlarning ilmiy tadqiqot jarayonlari bilan tanishdi hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post