• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Talabalar va magistrantlarning III an’anaviy ilmiy konferensiyasi” boshlandi.

  • 2025-03-26
  • 5414

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini muhokama qilish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda zamonaviy talablar darajasida yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida institutda “Talabalar va magistrantlarning III an’anaviy ilmiy konferensiyasi” boshlandi.

Mazkur konferensiya fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fanni rivojlantirishda olimlar va yosh tadqiqotchilarning rolini oshirishga xizmat qiladi.

Konferensiyaning ochilishida institut rektori Shahzoda Negmatova ishtirok etib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiya ertaga, 27-mart kuni ham sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post