- 2025-03-27
- 5426
Rektor va talabalar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tabiiy fanlar fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarning “4+2” amaliyot jarayonlari va bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Xususan, tabiiy fanlar – kimyo, biologiya va geografiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar alohida e’tiborga olinib, bo‘lajak pedagoglar ushbu murakkab sohalarni puxta egallashlari lozimligi ta’kidlandi. Ushbu fanlar nafaqat ta’lim jarayonining muhim bo‘g‘ini, balki ilmiy-innovatsion rivojlanishning asosi ekani qayd etildi.
Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki bilan “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu loyiha o‘z g‘oyasiga ega, tashabbuskor va bilimli talabalar uchun katta imkoniyatlar yaratishi aytib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida rektor bitiruvchi bosqich talabalariga muvaffaqiyat tilab, tabiiy fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning ishga joylashishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli chora-tadbirlar davom ettirilishini ta’kidladi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati