- 2025-03-28
- 3274
Rektor va talabalar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tillar fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalarning “4+2” amaliyot jarayonlari hamda bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Xorijiy tillarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani inobatga olinib, o‘zbek, ingliz, rus va tojik tillari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilimini muntazam baholab borish, til sertifikatlarini olishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda bo‘lajak filolog-pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy banki va O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘rtasida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida hamkorlik memorandumi imzolangani haqida xabar berildi. Ushbu loyiha tashabbuskor va bilimli talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida rektor bitiruvchi bosqich talabalariga muvaffaqiyat tilab, tillar fakulteti bitiruvchilari kelajakda namunali pedagoglar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati