- 2025-04-12
- 5571
O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori tomonidan “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova magistrantlar bilan “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida talabalar Prezidentimiz farmon va qarorlari, jahon yangiliklari, shuningdek, mamlakatimizdagi so‘nggi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
Dars davomida rektor “Sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik – millat genofondi va kamoloti garovi” mavzusida ma’ruza o‘qib, uni ma’rifiy suhbat bilan davom ettirdi.
Ma’ruzada sog‘lom turmush tarzining yoshlar hayotidagi o‘rni, reproduktiv salomatlik madaniyatini shakllantirish, hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy omillarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati