Korrupsiya – kelajakka tahdid!

  • 2025-04-14
  • 7329
Korrupsiya – kelajakka tahdid!
Korrupsiya – kelajakka tahdid!

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida startap loyihalar tanlovi e’lon qilingan edi. Mazkur tanlovda iqtidorli talabalarni faol ishtirok ettirish maqsadida institut yuriskonsulti Baxtiyor Abdurasulov hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Quvonchbek Otaqulovlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida tanlovning mazmun-mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda uning oldini olishda yoshlarning faolligi muhim o‘rin tutishi haqida atroflicha fikr yuritildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post