Finlandiyaning Gradia ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

  • 2025-04-15
  • 6305
Finlandiyaning Gradia ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Finlandiyaning Gradia ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Finlandiyaning Gradia ta’lim tashkiloti o‘rtasida ilk bor xalqaro hamkorlik doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan mazkur muloqotda Gradia tashkilotining xalqaro hamkorliklar bo‘yicha menejeri (Global Partnership Manager) Pauliina Holm ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Finlandiya ta’lim va fan dasturlariga asoslangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, o‘quv dasturlarini integratsiya qilish, o‘quv jarayoniga ilg‘or metodikalarni joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar bu uchrashuvni muhim bosqich sifatida baholab, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni izchil rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post