Ilm-fan va ta’lim sohasida qo‘shma tashabbuslar belgilandi

  • 2025-04-29
  • 3643
Ilm-fan va ta’lim sohasida qo‘shma tashabbuslar belgilandi
Ilm-fan va ta’lim sohasida qo‘shma tashabbuslar belgilandi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Turkiyaning Ordu universiteti rektori, professor Orhan Baş boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mavjud aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish borasida bir qator kelishuvlarga erishdilar.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post