O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institutning iqtidorli talabalari — Osiyo, Respublika hamda Universiada sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan champion sportchilar, Turkmanistonda o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasi g‘oliblari hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida rektor Shahzoda Negmatova yig‘ilgan talabalar bilan suhbat olib borib, ularning ta’lim jarayonidagi muammolari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Tadbir davomida Osiyo, Respublika va Universiada sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar, Turkmanistonning Ashxobod shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli uchlikdan joy olgan talabalar hamda institutning “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari rektor tashakkurnomasi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Osiyo, Respublika hamda Universiada sport musobaqalari sovrindorlari:
Mamadullayeva Mashhura
Ochilova Nurxon
Ochilova Nodira
Abduxoliqova Ruxshona
Baxtiyorov Iskandar
Bobomurodov Namozbek
Ochilqulov Akmal
Najimova Azizabegim
Ablaqulov Azamat
Qo‘chqorov Arslon
Suyunov Diyorbek
Xolmuminov Elnur
Umirov Uchqun
Nurmanova Jasmina
Halimboyev Ozodbek
Poyonov Sherzod
Uzoqboyeva Jasmina
Turkmanistonda o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasi g‘oliblari:
Boyqobilov Erali
Ilhomova E’zoza
Otamurodov Mehroj
Boymatov Asilbek
Tadbir yakunida rektor iqtidorli yoshlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularning ota-onalariga — farzandlarini Vatanga sadoqatli, fidoyi va intiluvchan etib tarbiyalaganlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, talabalarning doimo institut sha’nini yuksak darajada himoya qilishlariga ishonch bildirdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati
-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-
Telegram kanalimizni Kuzatib boring.
Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, pedagogika sohasi bo'yicha tarbiya va o'qitish usullari, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan
Manzil:Samarqand sh, Spitamen shoh ko‘chasi, 166-uy