Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998958268212

Visit Us:
logo
Yangiliklar
Muslihiddin Muhiddinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

shape shape shape
MAINPAGE СОБЫТИЕ Духовно-просветительское мероприятие
2025-05-16
5535

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida filologiya fanlari doktori, professor Muslihiddin Muhiddinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy va adabiy ta’sir masalalari: badiiy ijod, komparavistika va renessans” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev, Samarqand davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi M.Muhiddinov, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Sh.Negmatova, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Q.Gʻulomov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Sh.Sirojiddinov, shuningdek, Zoom platformasi orqali Anqara universiteti professori Fatma Sema Barutcu O‘zo‘nder xonim, navoiyshunos olimlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Anjuman davomida so‘zga chiqqanlar professor Muslihiddin Muhiddinovning o‘zbek adabiyoti tarixi, xususan, Alisher Navoiy ijodiy merosini tadqiq etish borasidagi beqiyos xizmatlarini alohida ta’kidlab, ustoz olimni qutlug‘ 80 yoshi bilan samimiy muborakbod etdilar.

Tadbir yakunida viloyat rahbari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda professor Muhiddinovning ko‘plab shogirdlari ustozga o‘z tabriklarini izhor etib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Jumladan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham professorning ta’lim va fan sohasiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib, tabriklar bilan birga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling