- 2025-05-17
- 5223
“15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan institut faollar zalida “Oila — yuksalish poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda institutda faoliyat olib borayotgan rahbar ayollar ishtirok etib, oila va kasbiy faoliyat o‘rtasida muvozanatni saqlash, ayollarning ijtimoiy hayotdagi roli va mas’uliyati haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Institut rektori Shahzoda Negmatova tadbirni ochib berar ekan, oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy va axloqiy asoslari haqida to‘xtalib o‘tdi hamda talaba-qizlarga amaliy tavsiyalar berdi.
Davra suhbatida institut xotin-qizlar kengashi huzuridagi “Lider qizlar” va “Qizlarjon” klublari vakillari tomonidan turli mavzularda treninglar, savol-javoblar tashkil etildi.
Tadbir talaba-qizlar uchun mazmunli muloqot va fikr almashuv maydoni bo‘ldi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati