- 2025-05-17
- 6588
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida Ishtixon tumani hamda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va akademik litsey bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlar institutning o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan auditoriyalari, kutubxona, sport zallari, o‘quv-amaliyot laboratoriyalari va talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari hamda talabalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va akademik qo‘llab-quvvatlash dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati