O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Perlis Universitetining kutubxonasida

  • 2025-05-23
  • 6251
O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Perlis Universitetining kutubxonasida
O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Perlis Universitetining kutubxonasida

Bugun O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova hamda delegatsiya a’zolari Malayziyaning Perlis Universiteti kutubxonasiga borib, u yerdagi zamonaviy axborot-resurs tizimi, foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar hamda ilmiy-uslubiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi. 

Kutubxonadagi infratuzilma, raqamli texnologiyalarning joriy etilganligi va o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuqori baholandi.

Kutubxonaga tashrif yakunida faxriy mehmonlar uchun mo‘ljallangan esdalik kitobiga O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova ham o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post