O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Malayziyaning Perlis universitetida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etdi

  • 2025-05-24
  • 6238

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti delegatsiyasi Malayziyaning Perlis universitetida tashkil etilgan “Oliy ta’lim muassasalarida akademik boshqaruv uchun kognitiv sun’iy intellekt chatbotini loyihalash va yaratish” nomli xalqaro seminar (Workshop)da ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli tadbirni Ilmiy tadqiqot markazi direktori, professor Ku Nurul Fazira Ku Azir, loyiha rahbari, professor Anuar Mat Safar hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ochib berdi.

Seminar davomida olimlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Jumladan, institutimiz rektori, professor Shahzoda Negmatova “Ma’rifat va mashina: sun’iy intellekt bilim tushunchamizni qanday o‘zgartirmoqda?” mavzusida ma’ruza qilib, sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim jarayonlariga ta’siri, uning imkoniyatlari va kelajakdagi roli haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post