Hoziroq biz bilan bog'laning Telfon raqam: +998958268212

Visit Us:
logo
Yangiliklar
Hindistonning Bombey texnologiyalar instituti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

shape shape shape
MAINPAGE Международное сотрудничество Международная конференция
2025-05-29
6969

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Hindistonning nufuzli Bombey texnologiyalar instituti professori Dr. Azizuddin Khanni qabul qildi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, talabalar uchun psixologiya, tajriba psixologiyasi kabi yo‘nalishlarda Hindistonda ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, institutda zamonaviy "Psixologiya laboratoriyasi"ni shakllantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Kelgusida professor Azizuddin Khan institutning professor-o‘qituvchilari va talabalariga tajriba psixologiyasi yo‘nalishida tayyorlov kurslarini tashkil etib, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarini yanada chuqurlashtirishga, shuningdek, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

-Yangiliklarimizdan tezkor xabardor bo‘ling-

Telegram kanalimizni
Kuzatib boring.

| Obuna bo'ling