Samarqandda "Xalqaro yozgi maktab" boshlandi

  • 2025-06-09
  • 5207
Samarqandda "Xalqaro yozgi maktab" boshlandi
Samarqandda "Xalqaro yozgi maktab" boshlandi

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Samarqand: madaniyatlar, ma’rifat va ta’lim uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro yozgi maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

8–16-iyun kunlari davom etadigan mazkur tadbir institut tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Finlyandiya, Rossiya, Xitoy va O‘zbekistondan talabalar, o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

"Yozgi maktab"ning maqsadi — madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va global ta’lim maydonida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishdir.

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 ➡ Samarqand va O‘zbekiston tarixini o‘rganish
 ➡ Madaniyatlararo aloqalarni kuchaytirish
 ➡ Zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishish
 ➡ Ilmiy izlanish va xalqaro tajriba almashinuvi

Dastur doirasida “Yosh astronom” oromgohiga tashrif ham rejalashtirilgan. Ishtirokchilar tarixiy yodgorliklar, milliy san’at va hunarmandchilik bilan tanishib, seminar-treninglar hamda ijtimoiy-madaniy loyihalarda faol ishtirok etadilar.

Yozgi maktab — bu xalqaro do‘stlik, ilmiy va ijodiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar maydonidir.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post