Qabul jarayonlari boshlanishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi

  • 2025-06-03
  • 5489
Qabul jarayonlari boshlanishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Qabul jarayonlari boshlanishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida institut prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda barcha bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF–73-sonli farmonida belgilangan transformatsiya jarayonlariga institut professor-o‘qituvchilarini tayyorlash, umumta’lim maktablarida joriy etilayotgan yangi baholash tizimi yuzasidan kafedralarning xabardorlik darajasi, o‘quv dasturlarini xalqaro Top–300 reyting talablariga moslashtirish, qabul jarayonlarini sifatli va shaffof tashkil etish, yakuniy nazorat imtihonlarida korrupsiya holatlarining oldini olish va bu borada qat’iy choralar belgilanishi yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida rektor tomonidan ilgari surilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash tegishli mas’ul rahbarlarga topshirildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post