“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida eng yuqori natijaga erishgan talabalar va ularning ustozlari taqdirlandi.

  • 2025-06-17
  • 5148

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sun’iy intellekt va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasidagi topshiriqlar ijrosi doirasida institutda “Dasturlash bo‘yicha eng yaxshi talaba” va “Eng faol o‘qituvchi-trener” tanlovlari o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash maqsadida aniq va amaliy fanlar fakultetida tadbir tashkil etildi. Fakultet dekani Abubakr Abdullayev g‘oliblarni tabriklab, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash, yoshlar o‘rtasida innovatsion tafakkurni rivojlantirish hamda axborot texnologiyalari sohasini jadallik bilan rivojlantirish bugungi kunning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

G‘olib talabalar: 
 • Asadbek Nurmamatov
 • Umidjon Jo‘raqulov
 • Anvar Samiyev 

va ularning ustozi, informatika kafedrasi o‘qituvchisi Bahrom Aminovlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post